Европейский Союз Konrad-Adenauer-Stiftung YUKSALISH

“Adolat Ko’prigi” loyihasi hammaga ochiq

2026-10-18 · 👁 108 ko'rishlar

“Adolat Ko’prigi” loyihasi hammaga ochiq
Bugun biz “Adolat Ko’prigi” loyihamizni rasman faoliyatini boshlaymiz — endi sayt hammaga ochiq va biz fuqarolardan murojaatlarni qabul qila boshlaymiz. “Adolat Ko’prigi” — fuqarolar va yuridik klinikalarni bog’lovchi ko’prik bo’lib, moddiy imkoniyati va yashash joyidan qat’i nazar, bepul yuridik yordamni har bir kishiga yetkazishni maqsad qilganmiz. Agar sizda huquqiy savol yoki qayerga murojaat qilishni bilmaydigan muammo bo’lsa - saytdagi murojaat shaklini to’ldiring. Murojatingizni navbatchi yurist yoki volontyor ko’rib chiqadi va sizga javob beradi. Biz murojaatlarni muhimligiga qarab bo’lmaymiz - har bir savol e’tiborga olinadi. “Adolat Ko’prigi”ga xush kelibsiz. __ __ __ __ Loyiha Yevropa Ittifoqi tomonidan birgalikda moliyalashtirilayotgan «O‘zbekistonda inklyuziv jamoatchilik taraqqiyoti uchun fuqarolik jamiyati imkoniyatlarini kengaytirish» loyihasi doirasida yaratilgan. Loyiha O‘zbekistondagi Konrad Adenauer jamg‘armasi tomonidan milliy hamkor — «Yuksalish» harakati bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Ushbu nashr mazmuni «Adolat ko‘prigi» yoshlar tashabbusining mutlaq javobgarligi hisoblanadi va Yevropa Ittifoqining nuqtayi nazarini aks ettirishi shart emas. #InclusiveUzbekistan #EU4UZB #CivilSocietyUz #Yuksalish #KAS #CentralAsia #KonradAdenauerStiftung #EmpowerCommunities #CommunicationSpecialist #Uzbekistan #MarkaziyOsiyo

← Barcha yangiliklar

Konsultatsiya olish