Европейский Союз Konrad-Adenauer-Stiftung YUKSALISH

📨 Davlat organiga murojaat qildingiz, lekin javob yo‘qmi?

Davlat organiga murojaat qildingiz, lekin javob yo‘qmi? O‘zbekistonda har bir fuqaro va tashkilot davlat organlariga ariza, taklif yoki shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga ega. Bu huquq «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonun bilan kafolatlangan. ⏱ Murojaat qancha muddatda ko‘riladi? • Ariza va shikoyatlar — 15 kun ichida • Qo‘shimcha o‘rganish yoki tekshirish kerak bo‘lsa — 1 oygacha • Alohida hollarda muddat uzaytirilishi mumkin, lekin bu haqda sizga xabar berilishi shart ⚠️ Huquqingiz buzilsa nima bo‘ladi? Murojaatni asossiz rad etish, javobsiz qoldirish, muddatni o‘tkazib yuborish yoki murojaat qilgani uchun shaxsni ta’qib qilish — qonun buzilishi hisoblanadi. Bunday holatlarda aybdor mansabdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. 📞 Javob olmadingizmi? Ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qiling: • Bosh prokuratura — 1007 • Prezident virtual qabulxonasi — 1000 • Ombudsman (Inson huquqlari bo‘yicha vakil) — 1146 Vaziyatingiz murakkabmi? «Adolat Ko‘prigi» orqali bepul yuridik yordam oling. Murojaatingizni hamkor yurist yoki yuridik klinika ko‘rib chiqadi. ___ ___ ___ Tashabbus Farg‘ona yuridik texnikumi va Qashqadaryo yuridik litseyi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda moliyalashtirilayotgan «O‘zbekistonda inklyuziv jamoatchilik taraqqiyoti uchun fuqarolik jamiyati imkoniyatlarini kengaytirish» loyihasi Konrad Adenauer jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, milliy hamkor — «Yuksalish» harakati bilan amalga oshirilmoqda.

← Все видео

Получить консультацию